BUXORODA “O‘ZBEKISTONDA OZARBAYJON KUNLARI” DOIRASIDA BAYRAMONA KONSERT DASTURI!
13 Oct, 2026 - 14:07
35
“Buxoroda Ozarbayjon madaniyati: Adabiyot va san’at haftaligi”
Buxoro shahrida “Buxoroda Ozarbayjon madaniyati: Adabiyot va san’at haftaligi” doirasida tashkil etilgan konsert dasturi ikki qardosh xalq — o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining do‘stligi, hamjihatligi va mushtarak qadriyatlarini o‘zida mujassam etdi.
Asrlar davomida mushtarak tarixiy ildizlar, yaqin til, boy madaniy meros hamda milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘langan ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar bugun ham izchil rivojlanib bormoqda.
Konsert dasturi xalqlarimizning musiqa va san’atini keng targ‘ib etish, ijodiy hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
O‘zbek va ozarbayjon xalqlari do‘stligi — mushtarak qadriyatlar va ezgu an’analar timsoli!