SAN’AT — MAHORAT VA IJOD MASKANI!

16 Nov, 2026 - 11:45
13
SAN’AT — MAHORAT VA IJOD MASKANI!

G‘ijduvon tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi

Joriy yilning 16-noyabr kuni Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi G‘ijduvon tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano sinfi o‘qituvchilari ishtirokida ijrochilik mahoratini namoyish etishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fortepiano ta’limining dolzarb masalalari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida barmoqlar erkinligini rivojlantirish, yuqori sinf o‘quvchilarida virtuoz ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, o‘quvchilarning fortepiano ijrosidagi chiqishlari hamda maktab xor jamoasining jo‘shqin ijrosi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilarining musiqiy chiqishlari, jumladan, raqs ijrosi tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Tadbir mazmunli chiqishlar, amaliy mashg‘ulotlar va ijodiy taassurotlarga boy tarzda yakunlandi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash