🎶 E’ZOZDASAN, ONA TILIM!

21 Oct, 2026 - 11:07
26
🎶 E’ZOZDASAN, ONA TILIM!

Ona tilimiz — millatimiz faxri va g‘ururi!

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram konserti bo‘lib o‘tdi.

🎤 Konsert dasturida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

✨ Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rni yana bir bor tarannum etildi.

🇺🇿 Ona tilimiz — millatimiz faxri va g‘ururi!

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash