🎻 BUXORODA “GIJJAK SEHRI” RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
28 Oct, 2026 - 10:33
38
“G‘ijjak sehri”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi 103-sonli farmoniga asosan, ko‘hna Buxoro zaminida “G‘ijjak sehri” respublika tanlovining Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🎼 Tanlovda yosh va mahoratli sozandalar g‘ijjak ijrochiligi bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyish etib, o‘zbek mumtoz musiqasi va milliy ijrochilik an’analarini tarannum etdilar.
✨ Tadbirda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, sozanda va bastakor Abduhoshim Ismoilov ishtirok etdi.
🎶 Tanlov doirasida milliy kuylar va maqom namunalari ijro etilib, ishtirokchilarning ijodiy salohiyati hamda ijrochilik mahorati namoyon bo‘ldi.
🏆 Tanlov ishtirokchilari o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etib, g’oliblar taqdirlandilar.