Bayroğimiz — milliy ğururimiz va faxrimiz!
18 Nov, 2026 - 09:53
10
Bayroğimiz — faxrimiz, Vatanimiz — ğururimiz!
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği 18-noyabr qabul qilingan kun munosabati bilan Buxoro şahrida kötarinki ruhda bayramona parad bölib ötdi.
Tadbir davomida şahar köçalari böylab hilpiragan davlat bayroğimiz, rang-barang bayram manzaralari hamda iştirokçilarning jöşqin kayfiyati barçaga özgaça ruh bağişladi.
Moviy, oq va yaşil ranglarda mujassam bölgan ezgu qadriyatlarimiz — tinçlik, poklik, yangilaniş va farovonlik ramzi bölgan bayroğimiz har birimiz uçun milliy iftixor timsolidir.
Bayroğimiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimiz tinçligi va xalqimiz birdamligining ramzi bölib qolsin!