BILIM, ZAKOVAT VA TOPQIRLIK BELLASHUVI!
13 Nov, 2026 - 10:33
15
Qiziqarli va mantiqiy savollarga boy kechgan bellashuv
Kogon shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida pedagog xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qiziqarli va mantiqiy savollarga boy kechgan bellashuvda pedagoglar o‘z bilimlari, topqirliklari va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar savollarga javob topish jarayonida o‘zaro fikr almashib, jamoaviy hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.
Mazkur intellektual o‘yin nafaqat bilimlarni sinovdan o‘tkazish, balki pedagoglarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy yondashuvini rag‘batlantirish va kasbiy muhitda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qildi.
Zero, bilimga intilish, teran tafakkur va zukkolik — har qanday yutuqning mustahkam poydevoridir!