Buxoroda Fransiya madaniyati oyligi bo'lib o'tdi.
25 Oct, 2026 - 20:12
39
“Rasm Ko'zgusi”
Buxoro shahrida Fransiya madaniyati oyligi bo'lib o'tdi. Fransiyalik mashxur rassom-muxandist(artist-engineer) Maksim Turot “Painting Mirror”-Interaktiv Sun’iy Intellekt (Rasm Ko’zgusi) nomli dasturini namoyish etdi.
“Rasm Ko'zgusi” - bu interaktiv installyatsiya bo'lib, unda tomoshabinlar taniqli rassomlar uslubida (rasm, ko'cha san'ati(street art), chizmachilik) shaklida rasmga tushdilar va Sun’iy Intellekt yordamida o’z proyeksilariga ega bo’ldilar. Uslublar Sun'iy Intellekt tomonidan yaratildi.
Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar o'zlarini proyeksiyalangan rasmlarning katta galereyasida topdilar. Ular o'z fotosuratlari bilan o'rtoqlashish imkoniga ega bo’ldilar. Atmosfera do'stona va ko'pchilik proyeksiyaning suratlarini esdalik sifatida oldilar.
Bu loyihaning maqsadi – turistlar va mahalliy aholi bilan muloqot qilish, suratga olishda yordam berish, proyeksiyani boshqarish va Sun'iy Intellektdan (SI) foydalanish haqida xabardorlikni oshirishdan iborat. Badiiylikka boy “Rasm Ko’zgusi” loyihasi installyatsiya jarayonida mahalliy badiiy merosni tushunarli tarzda targ'ib qilindi.
Dastur nomi: “Painting Mirror” videomapping
Dastur rahbari: Fransiyalik rassom Maksim Turot (frantsuzcha ismi: Maxime Touroute)
О’tkazilgan joyi: Buxoro Ark qo’r’goni yon tomoni