BUXORODA “BUXORO DOIRA SADOLARI” FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI!
10 Oct, 2026 - 12:58
28
BUXORODA “BUXORO DOIRA SADOLARI” FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI!
Buxoro shahridagi tarixiy Ko‘kaldosh madrasasida “Buxoro doira sadolari” festivali bo‘lib o‘tdi. Unda milliy musiqa san’atimizning betakror namunalari, doira ijrochiligining o‘ziga xos jozibasi va boy an’analari namoyish etildi.
Festival davomida mohir doirachilar o‘z mahorati va jo‘shqin ijrosi bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, doira ijrochiligi an’analarini keng targ‘ib etish hamda yosh avlod qalbida milliy san’atga mehr uyg‘otishga xizmat qildi.
Festival yakunida Buxoro san’at kolleji ham munosib taqdirlandi.
Bu e’tirof ta’lim muassasasida milliy musiqa san’atini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va doira ijrochiligi an’analarini davom ettirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarning munosib samarasidir.