FRANSIYA MADANIYATI OYLIGI: BEAU GESTE — ZAMONAVIY RAQS VA O‘ZIGA XOS XOREOGRAFIYA
05 Oct, 2026 - 11:07
24
Buxoroda Fransiya madaniyati oyligi doirasida fransuz san’atining zamonaviy yo‘nalishlaridan biri — raqs san’ati keng namoyish etilmoqda.
Tadbir dasturidan o‘rin olgan Beau Geste raqs truppasi 1981-yilda tashkil topgan bo‘lib, 1991-yildan buyon uning badiiy rahbari taniqli fransuz xoreografi Dominique Boivin hisoblanadi. Truppa har bir ijrochining o‘ziga xosligini ochib berishga, xoreografiyada noodatiy harakatlar, yumor va turli san’at shakllarini uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratadi.
💫 Beau Geste ijodida an’anaviy sahna bilan cheklanib qolmay, ko‘cha tomoshalari, opera, ochiq maydonlar va boshqa noodatiy makonlardan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi.
📍 Buxorodagi Fransiya madaniyati oyligi doirasida truppaning chiqishlari qadimiy Ark qal’asi hududida namoyish etilib, zamonaviy fransuz raqsini tarixiy muhit bilan uyg‘unlashtirmoqda.