📣Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posbon

14 Feb, 2026 - 11:45
19
📣Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posbon

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Shuningdek, bugun viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unga Qurolli Kuchlar safida xizmat kilib, Vatan himoyasidek sharafli ishda safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan fidoiy xodimlar, harbiylar, ularning oila a’zolari hamda faxriylar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar taklif etildi.

Tadbir avvalida ozodlik kurashchisi, buxorolik milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan Mahmud Torobiy jasorati haqida sahna ko‘rinishining namoyish etilishi yig‘ilganlarda o‘sha davr haqida jonli tasavvur hosil bo‘lishiga xizmat qildi.

Tarixiy manbalar Jondor tumanida tug‘ilib o‘sgan Mahmud Torobiyning kuchli shaxs bo‘lganini tasdiqlaydi. U yurt va millat ozodligi uchun kurashgan xalq qahramoni sanaladi. 1238-yildagi Torobiy qo‘zg‘oloni shu nuqtayi nazardan ko‘plab xorijiy tarixchilar, moziyshunoslar e’tiborini tortgan. Buyuk adib Oybekning yurt bosqinchilariga qarshi kurashgan bu fidoyi insonga bag‘ishlab asar yozishi ham bejiz emas, albatta. Ana shulardan kelib chiqib aytish joizki, teatr jamoasining bu asarga murojaat qilishi xayrli ish bo‘ldi. Zero, aholi, xususan, yoshlarimiz xalq qahramonlari haqida bilishi, ular bilan faxrlanishi, yurtparvar ota-bobolarimiz hayoti va faoliyatidan ibrat olishi maqsadga muvofiqdir. Asar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
 

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash