Buxoro viloyatida milliy madaniy markazlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi
23 Dec, 2025 - 11:07
28
2025-yil 23-dekabr kuni Buxoro viloyatida turli milliy madaniy markazlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Tadbir millatlararo totuvlik va madaniy merosni rivojlantirishga qaratilgan.
2025-yil 23-dekabr kuni Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Madaniyat boshqarmasi majlislar zalida Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Tadbirda Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. V. Niyozov hamda respublika va viloyat miqyosida faoliyat olib borayotgan turli milliy madaniy markazlar rahbarlari ishtirok etdilar. Jumladan:
-
Ozarbayjon, Yahudiy, Qozoq, Rus, Tatar-Boshqird, Polyaq, Tojik-Fors, Koreys, Turk, Turkman, Nemis milliy markazlari,
-
Buxoro viloyati Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi,
-
“Zumrad” Ayollar va Yoshlar markazi,
-
“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi.
Tadbir davomida madaniy va ma’rifiy sohada hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandumlar imzolandi. Shu orqali turli millat va madaniyatlar hamkorlikda milliy madaniy merosni asrab-avaylash, tadbirlar va festivalar tashkil etish, yoshlarda madaniy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, milliy urf-odat va an’analarni targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Memorandumlarning imzolanishi Buxoro viloyatida millatlararo totuvlik, madaniy hamkorlik va milliy merosni keng targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ldi.