Milliy qadriyat – millat faxri!

25 Sep, 2025 - 09:48
27
Milliy qadriyat – millat faxri!

Milliy qadriyat – millat faxri!

 Vobkent tumanida ijtimoiy-madaniy rivojlanishni ta’minlash, milliy merosimizni asrab-avaylash hamda aholi orasida milliy liboslarga bo‘lgan e’tiborni oshirish maqsadida yangi an’ana joriy etildi.

👥 Endilikda Vobkent tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari har haftaning payshanba kunlari “Milliy do‘ppi” kiyib ishga kelishni odat tusiga aylantirishdi. Bu tashabbus milliy urf-odatlarimizni e’zozlash, estetik didni shakllantirish va turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

🧢 Milliy liboslarimiz – milliy g‘ururimiz!
Keling, barchamiz ana shunday qadriyatlarimizni birgalikda asraylik va ulug‘laylik! 

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash