“Buxoro oqshomi” - Toshkentda unutilmas lahzalar!

25 Sep, 2025 - 09:46
17
“Buxoro oqshomi” - Toshkentda unutilmas lahzalar!

“Buxoro oqshomi” - Toshkentda unutilmas lahzalar!

 

🗓 2025-yil 24-sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyi sahnasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi tomonidan tayyorlangan “Buxoro oqshomi” nomli hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

🎶 Konsertda Buxoro san’atining betakror ohanglari, qadimiy “Buxorcha” uslubi, mavrigi qo‘shiqlari va milliy raqslar bir-birini boyitib, poytaxt ahli va mehmonlari uchun chinakam ma’naviy bayram tuhfasini taqdim etdi.

✨ Konsert davomida xalqimizning boy madaniy merosi, Buxoroning qadimiy san’at an’analari hamda zamonaviy ijodkorlar ijrosida yangicha talqinlar uyg‘unlashib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

👏 Ushbu san’at oqshomi nafaqat Buxoro viloyati ijodkorlarining mahoratini ko‘rsatdi, balki milliy madaniyatimizning boyligi va betakrorligini yurtimiz poytaxtida yanada kengroq targ‘ib etdi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash