“Biennali – 2025” doirasida Buxoroda mahorat darsi
24 Sep, 2025 - 09:43
16
“Biennali – 2025” doirasida Buxoroda mahorat darsi
🗓 2025-yil 23-sentabr kuni Buxoro shahrida o‘tayotgan “Biennali – 2025” Xalqaro loyihasi doirasida Gavkuşon madrasasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🪩 Tadbirda Fransiyada yashab, ijod qilayotgan taniqli Livanlik rassom va kompozitor Tarek Atoui Buxoro shahar 1-son BMSM o‘qituvchilari — Muxamedova S.O, Jamadinova E.Z va ularning iqtidorli o‘quvchilari bilan hamkorlikda “Sizga qiziqarli vaqtlarda yashashni tilayman” mavzusida noyob master-klass o‘tkazdi.
✨ Ushbu mahorat darsi perfomans janrida bo‘lib, unda harakat, tovush, yorug‘lik va matn uyg‘unligi mujassam bo‘ldi.
👨🏫 Bolajonlar Tarek Atoui mashg‘ulotini katta qiziqish bilan kuzatib, u bilan yaqin muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dars ularga unutilmas taassurot qoldirdi.
📚 Tadbir, shuningdek, o‘qituvchilar uchun ham foydali bo‘lib, ularga dars jarayonida yangi didaktik o‘yinlarni qo‘llash, shu orqali bolalarning musiqa va san’atga qiziqishini yanada oshirish bo‘yicha samarali tajribalar berdi.
⭐️ “Biennali – 2025” doirasidagi ushbu uchrashuv Buxorolik yosh ijodkorlar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.