"Biennali 2025": Buxorolik yosh ijrochilardan chet ellik mehmonlarga milliy tuyg‘ular

24 Sep, 2025 - 09:38
13
"Biennali 2025": Buxorolik yosh ijrochilardan chet ellik mehmonlarga milliy tuyg‘ular

"Biennali 2025": Buxorolik yosh ijrochilardan chet ellik mehmonlarga milliy tuyg‘ular

 

 23-sentyabr kuni, Buxoro shahrida o‘tayotgan "Biennali 2025" Xalqaro san’at loyihasi doirasida, tarixiy Lyabi Hovuz ochiq maydonida navbatdagi madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Unda Buxoro shahar 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabi doira sinfi o‘qituvchisi D.B. Xaydarov va uning iqtidorli o‘quvchilari sahnaga chiqib, o‘zlarining milliy kuylar asosidagi chiqishlari bilan xalqaro mehmonlarga unutilmas taassurot qoldirishdi.

 Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan san’at vakillari va mehmonlar yosh doirachilarning jonli ijrosini katta qiziqish va iliqlik bilan qarshi oldilar. Milliy ritmlar, bolalarning ishtiyoqi va sahnadagi uyg‘unlik — Buxoro an’analarining bugungi yosh avlodda davom etayotganidan darak berdi.

 San’at — tillarsiz muloqot!


 Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash