Vobkentda maqom san’ati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
23 Sep, 2025 - 11:59
29
Vobkentda maqom san’ati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
🗓 2025-yil 22-sentabr kuni Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Vobkent tumanidagi 8-son musiqa san’at maktabida ✨mahorat darsi tashkil etildi.
👤 Darsni bo‘lim direktori Kamoliddin Toyirov, oliy toifali artist maqomchi Qodirov To‘ymurod hamda oliy toifali artist sozanda Iskandarov Ismatillo olib bordilar.
📚 Mahorat darsi davomida oʻquvchilarga:
☄maqom san’atining tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida qiziqarli nazariy ma’lumotlar,
🎙 jonli ijro orqali betakror ohanglar taqdim etildi.
⭐️ Qodirov To‘ymurodning mahoratli chiqishi o‘quvchilarda jonli ijroning jozibasini his qilish imkonini berdi.
🎶 Mazkur dars o‘quvchilarda milliy musiqa san’atiga qiziqishni oshirib, maqom san’atiga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi.