Ijodiy hisobot – san’at va mahorat bayrami
23 Sep, 2025 - 11:58
24
Ijodiy hisobot – san’at va mahorat bayrami
🔜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-apreldagi **“Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi PQ-406-sonli qarori hamda Madaniyat vazirligining 2025-yil 9-fevraldagi 66-sonli buyrug‘i 📜 ijrosini ta’minlash maqsadida,
🗓 18-sentyabr kuni Peshku tuman madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 36-son Shodiyona madaniyat markazida “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarining III-chorak hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
🎶 Hisobot-konsertda quyidagi jamoalar o‘z chiqishlarini taqdim etdilar:
🪙 “Maqom” xalq ansambli
🪙 “Mirishkor” folklor-etnografik ansambli
🪙 “Parvoz” bolalar namunali jamoasi
🪙 “Afshona” folklor-etnografik ansambli
🪙 “Navo” ashula va raqs xalq ansambli
👏 O‘z dasturlari bilan ishtirok etgan jamoalar tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashib, kuy-qo‘shiqlar va raqslar orqali ko‘tarinki kayfiyat 🎉 bag‘ishladilar.