Xalqaro e’tirof

22 Sep, 2025 - 11:56
21
Xalqaro e’tirof

Xalqaro e’tirof

 

📣 Viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Qozog‘iston Respublikasining Taldiqo‘rg‘on shahrida bo‘lib o‘tayotgan lll "BIKEN-FEST" Xalqaro festivalida ishtirok etmoqda.

Festivalda jamoa tomonidan Ahmad Yassaviyning "Hikmatnoma" asari asosida rejissyor Laziz Navro‘zov tomonidan sahnalashtirilgan "Chor darvesh" spektakli namoyish etildi. Va teatr san’ati mutaxassislari tomonidan "Eng yaxshi aktyorlar ansambli" nominatsiyasida g‘olib deb topildi. 

Bundan tashqari, ijodiy jamoaga 500 qozoq tengesi miqdoridagi pul mukofoti sertifikati taqdim etildi.

— Qardosh qozoq xalqi madaniyati vakillarining bizga ko‘rsatgan e’tiboridan xursand bo‘ldik, – deydi rejissyor Laziz Navro‘zov. – Kelgusida ham qozoq bovurlarimiz bilan san’at va madaniyat sohasidagi ijodiy hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu kabi ijodiy safarlar o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash bilan birga, biz, ijodkorlarga ilhom bag‘ishlaydi.

Spektakldagi asosiy rollarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saodat Gʻulomova, "Do‘stlik" ordeni sohibi Rahim Ergashev, Sirojiddin Vafoyev, Amir Gʻafforov, Abduvali Mahmudov, Inobat Hamidova, Dilfuza Jo‘raqulova, Shamshod Ne’matov, Suhrob Qurbonov, Islombek Islomov va boshqalar ijro etishdi.
 

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash