Rahmatjon Qurbonov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy kecha

22 Sep, 2025 - 11:55
31
Rahmatjon Qurbonov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy kecha

Rahmatjon Qurbonov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy kecha

 

🗓 2025-yil 19-sentyabr kuni Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov xotirasiga bag‘ishlangan “Eslashar bir kun kelib bizni ham” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

⭐️Tadbir davomida san’atkorning sermahsul ijodi, sahnadagi yorqin chiqishlari va xalqimiz qalbidan joy olgan qo‘shiqlari yodga olindi. Ruhiyatni larzaga solgan qo‘shiqlar, samimiy xotiralar va san’atga bo‘lgan sadoqat tadbir mehmonlarida chuqur taassurot qoldirdi.

🎶 Xotira kechasi davomida kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida Rahmatjon Qurbonovning boy ijodiy merosi yana bir bor xalqimiz qalbida yangradi.

⚡️ Ushbu kecha san’atkor xotirasiga ehtirom, milliy musiqamiz va madaniyatimizga bo‘lgan mehr-muhabbatning yorqin ifodasi bo‘lib xizmat qildi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash