Buxoro ovozi - xalqaro sahnada!
22 Sep, 2025 - 11:55
17
Buxoro ovozi - xalqaro sahnada!
🗓 Joriy yil, 20-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi “Mavrigi” ansambli xonandasi Jo‘rabek Qo‘shshayev Qozog‘iston Respublikasi, Shymkent shahri istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan katta Gala konsertda ishtirok etdi.
✨ San’atkorimizning Buxorocha va Mavrigi taronalari tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va samimiy olqishlar bilan kutib olindi.
🏅 Mazkur konsertdagi muvaffaqiyatli chiqishlari uchun Qozog‘iston o‘zbeklari EMB tomonidan Jo‘rabek Qo‘shshayev “Do‘stlik” yubiley medali bilan taqdirlandi.
👏Bu e’tirof nafaqat san’atkorimizning, balki Buxoro madaniy hayotining xalqaro maydondagi yutuqlarini ham yorqin ifoda etdi.