Kogon shahrida xalq havaskorlik jamoalarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi
16 Sep, 2025 - 11:51
32
Kogon shahrida xalq havaskorlik jamoalarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi
Kogon shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Kogon shahar madaniyat bo‘limi huzurida faoliyat yuritayotgan xalq havaskorlik jamoalarining 3-chorak hisobot konsert dasturi namoyish etildi.
Konsertda “Ohangrabo” maqom, “Navnihol” folklor-etnografik, “Do‘stlik” xalq vokal-cholg‘u hamda “Sayyod” xalq vokal-cholg‘u ansambllari xonanda va sozandalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida xalq ansambllari repertuar rejasi asosida uch oy davomida tayyorlagan yangi asarlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qilishdi.