Romitan tumanida — “Ustoz va murabbiylar” kuni keng nishonlandi
16 Sep, 2025 - 11:50
20
Romitan tumanida — “Ustoz va murabbiylar” kuni keng nishonlandi
Romitan tumanida joylashgan “SADAF” to‘ylar majmuasida “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim va tarbiya sohasida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan ustoz va murabbiylar, yosh pedagoglar, shuningdek, madaniyat, san’at hamda ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.
Bayram tadbirini tuman hokimi Umedjon Barnoyev ochib berib, mashaqqatli kasb egalari — ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, madaniyat va san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.