Varnet Botanika bog‘ida — Ustoz va murabbiylar kuni nishonlandi

15 Sep, 2025 - 11:49
17
Varnet Botanika bog‘ida — Ustoz va murabbiylar kuni nishonlandi

Varnet Botanika bog‘ida — Ustoz va murabbiylar kuni nishonlandi

 

Bugun, Varnet Botanika bog‘ida Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim va tarbiya sohasida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan ustoz va murabbiylar, yosh pedagoglar, shuningdek, madaniyat, san’at hamda ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

🎉 Tashkil etilgan tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, ularning yurt taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini alohida e’tirof etishdi.


🎶 Bayram dasturining yakuniy qismida madaniyat va san’at ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi, tabiat qo‘ynida tashkil etilgan sayil barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

📌 Ustoz va murabbiylarga hurmat — kelajak avlod kamolotiga e’tibor, degan ezgu g‘oya tadbirning bosh shioriga aylandi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash