O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi Bratislava shahrida nishonlandi
11 Sep, 2025 - 10:33
6
O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi Bratislava shahrida nishonlandi
✨ 2025-yil 10-sentyabr kuni Slovakiya poytaxti Bratislava shahridagi Park inn by Radisson mehmonxonasida O‘zbekistonning Slovakiyadagi Elchixonasi tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
🍴 Tadbir doirasida milliy taomimiz - osh tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi.
🤝 Bayramona uchrashuvda Slovakiyada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari, tadbirkorlar, talabalar, shuningdek, O‘zbekistonning muhtor elchisi va diplomatik korpus vakillari hamda vatandoshlarimiz ishtirok etishdi.
🎶 Tadbir davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi “Buxorcha” ashula va raqs ansambli ijodkorlari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar va raqs namunalari ijro etildi. San’atkorlarning mahoratli chiqishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.