Avstriyadagi vatandoshlar O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligini keng nishonladilar

11 Sep, 2025 - 10:32
6
Avstriyadagi vatandoshlar O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligini keng nishonladilar

Avstriyadagi vatandoshlar O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligini keng nishonladilar

Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan Avstriyadagi vatandoshlar ishtirokida O'zbekiston davlat mustaqilligimizning 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Elchi Baxtiyor Ibragimov tadbirning ochilish qismidagi nutqida ishtirokchilarni O'zbekiston Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Diplomat milliy istiqlolimiz naqadar bebaho ne'mat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini chuqur his etishimiz lozimligini, aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklanganligini ta'kidladi.

 

Shuningdek, so'ngi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O'zbekiston bugungi kunda jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallagani qayd etildi. Elchi Baxtiyor Ibragimov chet davlatlarda yashab, turli yo'nalishlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz ham mamlakat obro'sini yana-da yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotganini alohida qayd etdi.

 

 Anjumanda so'zga chiqqan vatandoshlar O'zbekiston so'ngi yillarda erishayotgan muvaffaqiyatlar bilan faxrlanishlarini va yurtimiz taraqqiyotiga kamarbasta bo'lishlarini bildirishdi.

 

Tadbirning madaniy qismida O'zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo'linmasi ijodiy jamoasi ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi. Xonanda Nuriddin Aberayev ijrosidagi qo'shiqlar, sozanda va raqqosalarning chiqishlari mehmonlarga bayramona kayfiyat bag'ishladi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash