Aholi va yoshlar uchun yangi ijodiy imkoniyatlar!
11 Sep, 2025 - 10:30
8
Aholi va yoshlar uchun yangi ijodiy imkoniyatlar!
Olot tumani 24-son madaniyat markazida tasviriy san’at ixlosmandlari uchun “Tasviriy san’at — rassomchilik” to‘garagi faoliyat yuritmoqda.
🖌 To‘garak mashg‘ulotlari davomida yoshlar rangtasvir, grafika, akvarel va boshqa turli texnikalarda ijod qilishni o‘rganib, o‘z iste’dodini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
🌟 Bu jarayon yoshlarda nafaqat san’atga mehr uyg‘otmoqda, balki ularning tasavvur dunyosini kengaytirib, didini shakllantirib, ijodiy tafakkurini yuksaltirmoqda.
📸 Mashg‘ulotlarda yaratilayotgan ijodiy asarlar markaz faoliyatiga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishlamoqda.