O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Vena shahrida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi
10 Sep, 2025 - 10:22
10
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Vena shahrida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi
✨ 2025-yil 9-sentyabr kuni Avstriya poytaxti Vena shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🇦🇹 Tadbirda Avstriyada faoliyat yuritayotgan boshqa davlatlar elchilari, diplomatik korpus vakillari hamda xalqaro tashkilotlar namoyandalari ishtirok etdi.
🎶 Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi “Buxorcha” ashula va raqs ansambli ijodkorlari milliy kuy-qo‘shiqlar hamda raqs namunalari bilan mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
🤝 Ushbu bayramona uchrashuv xalqimizning boy madaniy merosi va qadriyatlarini keng targ‘ib etish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.