Buxoro Biennalesi doirasida - “Bukhara Peace Agency” loyihasi!
09 Sep, 2025 - 10:20
8
Buxoro Biennalesi doirasida - “Bukhara Peace Agency” loyihasi!
🎨 Mashhur rassom Anna Lyublina tomonidan yaratilgan ushbu perfromativ loyiha O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi “Buxorcha zang” ansambli bilan hamkorlikda taqdim etildi.
📖 Loyiha markazida “Tinchlik vakillari” haqidagi hikoyalar turadi. Ular Buxoroga xos aylana (tsiklik) hikoya qilish uslubida ifodalanib, tomoshabinga asosiy savolni beradi: “Tinchlik nima?” ✨
🎶 Perfromans davomida sozandalar ijrosida qadimiy “Buxorcha” musiqasi yangradi. Shuningdek, afsonaviy san’atkor Tufaxon Pinxasova kuylagan mashhur qo‘shiq ham namoyish etildi.
Shuningdek dasturda Buxoro ixtisoslashtirilgan boshlang'ich raqs san'ati maktab internati o'quvchilari ham o‘z chiqishlari bilan ayniqsa chet el mehmonlariga manzur bo'lib olqishlar bilan kutib olindi👏
🤝 Loyihada tinchlikning asl manbai turli madaniyatlar uyg‘unligida ekanini eslatadi.