O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi Avstriyada nishonlandi
09 Sep, 2025 - 10:19
6
O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi Avstriyada nishonlandi
Prezidentimizning tegishli qarorlariga muvofiq, mamlakatimizning 34 yillik davlat mustaqilligi xorijiy davlatlarda ham keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan 2025-yil 7-sentyabr kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan rang-barang konsert dasturi namoyish etildi.
🎶 Milliy kuy va qo‘shiqlar, “Buxorcha” raqs an’analarining jozibasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, milliy taomimiz - osh tayyorlanib, elchixona mehmonlariga tortiq qilindi.
✨ Ushbu tadbir xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va san’atini keng targ‘ib etish, hamda Avstriyada istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz hamda xorijiy do‘stlarimiz qalbida unutilmas taassurot uyg‘otdi.