🌐 Buxoro Biennalesi doirasida - Hindistonlik rejissyor Shakuntala Kulkarni loyihasi

08 Sep, 2025 - 09:55
6
🌐 Buxoro Biennalesi doirasida - Hindistonlik rejissyor Shakuntala Kulkarni loyihasi

🌐 Buxoro Biennalesi doirasida - Hindistonlik rejissyor Shakuntala Kulkarni loyihasi

 

2025-yil 7-sentabr kuni qadimiy Karvonsaroy majmuasida Buxoro Biennalesi doirasida yana bir o‘ziga xos san’at loyihasi xorijlik mehmonlar e’tiboriga taqdim etildi. Mazkur loyihaning muallifi - Hindistonlik mashhur kino rejissyor Shakuntala Kulkarni.
🎭 Asar tomoshabinlarni ichki kechinmalar, qo‘rquv va quvonch, shuningdek, yurakdagi yashirin tuyg‘ular olamiga taklif etadi. San’atkor bu jarayon orqali inson qalbidagi ishonch va mehr, xavf va xavfsizlik, qo‘rquv va erkinlik kabi qarama-qarshi holatlarni badiiy tilda ochib beradi.
🎶 Loyiha ijrosida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi “Buxorcha” raqs ansambli raqqosalari, shuningdek, Namunali maqom ansambli sozandalari faol ishtirok etdi. Ularning jonli ijrosi zamonaviy proyeksiya va vizual effektlar bilan uyg‘unlashib, Karvonsaroyning me’moriy muhitida butkul yangicha ohang bag‘ishladi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash