Buxoro qalbida unutilmas kecha!
05 Sep, 2025 - 09:52
11
Buxoro qalbida unutilmas kecha!
📅 4-sentabr kuni Buxoro shahrining tarixiy go‘shasi — Nodir Devonbegi xonaqosi oldida yurtimiz san’ati ixlosmandlari uchun unutilmas madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎭 Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari va elimiz suygan san’atkorlar sahnada birlashib, tomoshabinlarga yorqin konsert dasturini taqdim etdilar.
Sahna jozibasini ulashgan ijodkorlar:
🌟 Aktyor Farhod Qurbonov
🌟 O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Nosirova
🌟 O‘zbekiston xalq artisti Odina G‘oziyeva
🌟 Aktyor Muzaffar Hamidov
🌟 Aktyor Otabek Hakberdiyev
🌟 Aktyor Bozorboy Xolmuminov
🌟 Do‘stlik ordeni sohibi Tohir Rahimov
🌟 Administrator Nigora Sherjonova
🎶 Tarixiy maskanda o‘tkazilgan bunday badiiy kecha tomoshabinlarga unutilmas lahzalar, badiiy zavq va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.