🎓 “Bilimlar kuni”da ijodiy uchrashuv

04 Sep, 2025 - 09:51
2
🎓 “Bilimlar kuni”da ijodiy uchrashuv

🎓 “Bilimlar kuni”da ijodiy uchrashuv

 

2025-yil 2-sentabr kuni Buxoro shahridagi 29-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Buxoro viloyati musiqali drama teatri rejissyori, O‘zbekiston xalq artisti Ubaydullo Omon ishtirok etdi. San’atkor o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi.

✨ Ubaydullo Omon o‘z nutqida yoshlarga bilim olishning ahamiyati, kitobxonlikning o‘rni, yurtimiz taraqqiyoti uchun har bir avlod mas’uliyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘quvchilarga ijodkorlik va intilish orqali maqsadlariga erishishda qat’iyatli bo‘lishlarini uqtirdi.

📚 Tadbir o‘quvchilar va ustozlarda katta taassurot qoldirdi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash