📢 Madaniyat sohasida ochiqlik va muloqot — ustuvor yo‘nalish!
11 Sep, 2025 - 17:35
7
📢 Madaniyat sohasida ochiqlik va muloqot — ustuvor yo‘nalish!
🗓 2025-yil 11-sentabr kuni, soat 15:00 dan 17:00 gacha Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari V.Niyozov boshchiligida telegram messendjeri orqali jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, madaniyat va san’at soha vakillari bilan onlayn qabul o‘tkazildi.
📑 Ushbu qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-yanvardagi 13-son Rayosat bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 28-yanvardagi 34-sonli buyrug‘i hamda viloyat madaniyat boshqarmasining 2024-yil 28-yanvardagi 34-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
💬 Onlayn muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalarni bildirishdi. Boshqarma rahbariyati tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.