“Kulgi karvoni” – yosh tomoshabinlarga quvonch ulashdi

04 Sep, 2025 - 15:49
15
“Kulgi karvoni” – yosh tomoshabinlarga quvonch ulashdi

“Kulgi karvoni” – yosh tomoshabinlarga quvonch ulashdi

 

📅 2025-yil 4-sentabr kuni A. Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilar uchun quvonch va kulgu bilan sug‘orilgan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

👉 Tadbir doirasida Yusufjon Qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiyachilik va qiziqchilik san’ati markazi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan “Kulgi karvoni” deb nomlangan qiziqarli dastur namoyish etildi.

🎭 Dastur davomida sahnadagi mahoratli askiyachilar va qiziqchilar o‘z chiqishlari bilan o‘quvchilarning yuziga tabassum, qalblariga quvonch olib kirdi. Kulgi va shodon lahzalar o‘quvchilarni yanada tetiklantirib, ular uchun unutilmas badiiy kechaga aylandi.

🌟 Tadbir maktab-internat o‘quvchilarida nafaqat ijobiy kayfiyat uyg‘otdi, balki milliy askiya va qiziqchilik san’atiga bo‘lgan mehr va qiziqishni ham oshirdi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash