G‘IJDUVONDA YOSHLAR SAYLI — BIRLIK VA QUYOSHLI KUN BAYRAMI
14 Aug, 2025 - 10:41
11
G‘IJDUVONDA YOSHLAR SAYLI — BIRLIK VA QUYOSHLI KUN BAYRAMI
🇺🇿 Mustaqilligimizning 34-yilligi munosabati bilan G‘ijduvon tumanida yoshlar, sportchilar, san’at ixlosmandlari va minglab yurtdoshlarimiz ishtirokida unutilmas “Yoshlar sayli” bo‘lib o‘tdi. Tadbir — yoshlar qalbida Vatanga mehr, sport va san’atga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🎶 Bayram sahnasida mashhur san’atkorlar kuy-qo‘shiqlari bilan qalblarni zavqqa to‘ldirdi. Sport yo‘nalishida futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar, shuningdek insholar va rassomlik tanlovlari o‘tkazildi.