“Sardor” mahalla fuqarolar yig‘inida hududida qad rostlagan madaniyat markazi
13 Aug, 2025 - 10:39
14
“Sardor” mahalla fuqarolar yig‘inida hududida qad rostlagan madaniyat markazi
📍Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarni ijtimiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rganish, bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash maqsadida bugun viloyat hokimi Botir Zaripov Gʻijduvon tumanida bo‘ldi.
✅Dastlab viloyat rahbari “Sardor” mahalla fuqarolar yig‘inida hududida qad rostlagan madaniyat markazining old qismini ko‘ngilochar maskanga aylantirish loyihasi va bu bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
📌Loyihaga ko‘ra hududda favvora quriladi, manzarali chiroq va o‘rindiqlar o‘rnatiladi, sug‘orish tizimi va yashil qoplamalar bilan ta’minlanadi. Hozirda piyodalar yo‘laklariga tosh terish ishlari olib borilmoqda.
❗️Shuningdek, Hazrati Xo‘ja Gulgunpo‘sh chashma qudug‘ini ham ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
💬Botir Zaripov loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
🕘Bundan tashqari, viloyat rahbari madaniyat markazi binosida ham bo‘lib, bu yerda so‘nggi bosqichda davom etayotgan jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.