🌟 G‘ijduvonda yangi madaniy maskan – xalqimiz ma’naviyati yo‘lida!

07 Aug, 2025 - 10:27
17
🌟 G‘ijduvonda yangi madaniy maskan – xalqimiz ma’naviyati yo‘lida!

🌟 G‘ijduvonda yangi madaniy maskan – xalqimiz ma’naviyati yo‘lida!

 

🇺🇿 Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi sifatida G‘ijduvon tumanida yangi, zamonaviy Madaniyat markazi barpo etildi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlari asosida qad rostlagan ushbu inshoot xalqimizning ma’naviy olamini yuksaltirish va madaniy hayotini yanada boyitishga xizmat qiladi.

🏛 Ushbu zamonaviy saroy nafaqat arxitekturasi, balki mazmun-mohiyati bilan ham ahamiyatlidir. Markaz 500 o‘rinli tomosha zali, 60 o‘rinli 3D kinoteatr, 25 ta yo‘nalishdagi to‘garak xonalari, zamonaviy kutubxona hamda ta’lim va ijodga xizmat qiladigan o‘quv xonalari tashkil etildi.

🎉 Ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, viloyat rahbarlari, tuman hokimlari, ziyolilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Yangi madaniy maskanning ochilishi xalqimizda quvonch va faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash