Mustaqillik — milliy g‘ururimiz timsoli

07 Aug, 2025 - 09:34
30
Mustaqillik — milliy g‘ururimiz timsoli

Mustaqillik — milliy g‘ururimiz timsoli

 

Yurtimizda eng ulug‘, eng aziz bayram — Mustaqillik kuni tobora yaqinlashar ekan, O‘zbekiston bo‘ylab bu qutlug‘ sana munosabati bilan ko‘plab bayram tadbirlari, ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Har bir hududda, yurtimiz mustaqilligini ulug‘lash, xalqimizga beg‘araz xizmat qilayotgan fidoyi insonlarni qadrlash, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu jumladan yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan qadim va navqiron Buxoro shahrida ham qator bayram tadbirlari davom etmoqda. Ana shunday  tadbirlardan biri — “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida Do'stlik mahallasida o‘tkazildi

Mazkur bayramona tadbir Buxoro shahar madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda mahalliy san’atkorlar, taniqli xonandalar, hamda yosh iqtidor egalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida barcha sportchi hamda yosh iqtidorli yoshlar diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash