“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida madaniy faoliyatlar davom etmoqda!
06 Aug, 2025 - 09:31
20
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida madaniy faoliyatlar davom etmoqda!
⚡️ Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish maqsadida Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tizimidagi madaniyat markazlarida turli ijodiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
🎶 34-son Navbahor Madaniyat markazida g‘ijjak va tasviriy san’at to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.
💃 G‘ijduvon tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 46-son madaniyat markazida xoreograf tomonidan o‘tkazilgan raqs mashg‘ulotlari yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
🥁 Romitan tuman 33-son “Bog‘ishamol” madaniyat markazida esa doira to‘garagi mashg‘ulotlari o‘tkazilib, yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarishda muhim qadam bo‘ldi.
✨ Mazkur faoliyatlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni milliy san’at va madaniyatga keng jalb qilishga xizmat qilmoqda.