"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" – Olot tumanida umummilliy birdamlik festivali davom etmoqda!

06 Aug, 2025 - 09:24
20
"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" – Olot tumanida umummilliy birdamlik festivali davom etmoqda!

"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" – Olot tumanida umummilliy birdamlik festivali davom etmoqda!

 

Bugun Olot tumani Bunyodkor mahallasida joylashgan 15-sonli musiqa va san'at maktabi hamda  Muxtor mahallasida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida umummilliy birdamlik festivali bo'lib o'tdi.

Festivalda mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, aholi bilan samimiy suhbatlar qurildi.  Festival doirasida "Kitob marafoni", "Rasmlar tanlovi"  hamda Ma'rifat targ'ibotchilar jamiyati a'zolari tuman Madaniyat bo'limi rahbari B.Zaripov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi D.Jurayeva, Butunjahon yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Jo'ra Hamrolar yig'ilganlarga yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so'zlab berdilar. Tadbir davomida tumandagi iste'dodli xonandalar tomonidan galakonsert uyushtirildi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash