"VATAN - DILDA YONAR SHE’RLAR MANZUMASI!"
02 Aug, 2025 - 09:21
15
"VATAN - DILDA YONAR SHE’RLAR MANZUMASI!"
📍 Buxoro shahridagi Yoshlar markazida, 2025-yil 2-avgust kuni yuraklarga ilhom baxsh etgan, so‘z sehri va musiqiy ruh uyg‘unlashgan “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🕊 Bu kecha - shunchaki tadbir emas, bu Vatanga bo‘lgan sadoqat, xalqga mehr va ona yurtga muhabbat satrlarga singdirilgan tuyg‘ular bayrami edi!
📖 Tadbir davomida marhum va zamondosh shoirlarning Vatan, xalq, ona kabi ezgu mavzulardagi she’rlari yosh ijodkorlar tomonidan badiiy o‘qib eshittirildi. Har bir satr - bir yurak nidosi, har bir misra - bir millat nafasidir.
🎶 Musiqa orqali kechaga ruh baxsh etildi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan yurt madhi, Vatan sadosi bilan to‘lib-toshgan kuy-qo‘shiqlar zalga o‘zgacha ko‘tarinkilik olib kirdi. 🎤🎵
✨ Tadbir davomida mamlakatimizda hukm surayotgan osoyishta hayot, ijtimoiy barqarorlik, mehr-oqibat va hamjihatlik - milliy qadriyatlarimizning musiqiy ifodasi orqali iftixor ila yoritildi.