BUXORODA “MILLIY FASHION SHOU” – MILLIY RUH VA ZAMONAVIY DIZAYN UCHRASHUVI!

02 Aug, 2025 - 09:19
19
BUXORODA “MILLIY FASHION SHOU” – MILLIY RUH VA ZAMONAVIY DIZAYN UCHRASHUVI!

BUXORODA “MILLIY FASHION SHOU” – MILLIY RUH VA ZAMONAVIY DIZAYN UCHRASHUVI!

 

🗓 2025-yil 1-avgust kuni Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”ning tadbirlar zalida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda “DOLZARB 90 KUN” dasturi doirasida yuksak saviyada tashkil etilgan “Milliy Fashion Shou” milliy liboslar defilesi o‘zgacha ruhda o‘tkazildi.
👘 Sahnada milliy an’analarimizni zamonaviy modaga uyg‘unlashtirgan liboslar namoyish etildi. Har bir libosda xalqimizning betakror didi, madaniyati va tarixiy qadriyatlari aks etdi.
🎶 Tadbirga o‘zgacha ruh va zavq bag‘ishlashda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasining “Buxorocha” ashula va raqs ansambli alohida o‘rin tutdi. Yakkaxon xonandalar ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar va raqs guruhining go‘zal sahna chiqishlari tomoshabinlarga yorqin kayfiyat, milliy faxr va ilhom ulashdi. 💃🎤
🤝 Mazkur shou Madaniyat vazirligi, Buxoro viloyat hokimligi hamda “Madam's” modeling agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash