🔹 Adabiyotga mehr – ma’naviyatga hurmat 🔹
04 Aug, 2025 - 09:18
20
🔹 Adabiyotga mehr – ma’naviyatga hurmat 🔹
2025-yil 4-avgust kuni Buxoro viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy kecha bo‘lib o‘tdi.
📖 Yig‘ilgan kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlari shoirning sermazmun hayoti, teran fikrga boy ijodi, yurakdan chiqqan satrlari bilan yana bir bor yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
🎶 Shoir qalamiga mansub she’rlar asosida yaratilgan qo‘shiqlar jarang sochib, yuraklarga iliqlik baxsh etdi. O‘qilgan satrlar, yangragan misralar qalblarda sokin ohanglar uyg‘otdi.
🎙 Tadbir ishtirokchilari Usmon Azim ijodidan parchalarni ifodali o‘qib, o‘z hayajonli taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Kecha samimiyat, ma’naviyat va she’riyat ruhida o‘tdi.
🕊 So‘zga hayot, satrga ruh ato eta olgan shoir xotirasi qalblarda barhayot. Uning she’riy merosi zamonlar osha inson qalbini nur bilan to‘ldiraveradi.