Joriy yilning 1-avgust kuni Vobkent tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 29-son “Shodlik” madaniyat markazida “Madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

01 Aug, 2025 - 09:15
13

Seminarda viloyat Madaniyat boshqarmasi apparat xodimlari tuman (shahar) madaniyat bo‘limi mudirlari, madaniyat markazlari rahbarlari, badiiy rahbarlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muatxassislar ishtirok etishdi.
Seminarda ishtirok etganlar avval Madaniyat markazi ish faoliyati va to‘garaklar mashg‘ulotlari bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.B.Tilavov so‘zga chiqib seminarni ochib berdi.
Tadbir davomida mutaxassis xodimlarning ma’ruzalari va 29-son “Shodlik” madaniyat markazida tashkil etilgan to‘garak va jamoalarning konsert dasturlari namoyish etildi.
🏆Seminar so‘ngida ish faoliyati namunali deb topilgan tuman Madaniyat bo‘limlari Madaniyat boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash