Buxoroda “Askiya va Qiziqchilar Sayli” bo‘lib o‘tdi
30 Jul, 2025 - 16:28
19
Buxoroda “Askiya va Qiziqchilar Sayli” bo‘lib o‘tdi
2025-yil 29-iyul kuni Buxoro shahri Yoshlar markazida “Askiya va Qiziqchilar Sayli” konsert dasturi yuqori saviyada tashkil etildi.
🎭 Tadbir davomida hazil-mutoyiba, qiziqarli sahna ko‘rinishlari va milliy askiya san’atining yorqin namunalaridan tomoshabinlar bahramand bo‘lishdi.
Sahna jozibador chiqishlarga boy bo‘lib, unda “Afandi Shayx” jamoasi, qiziqchi Valijon Shamshiyev, San’at fidoyisi ko‘krak nishoni sohibi Boltaboy Toshmatov, so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov, shuningdek, “Dizayn” jamoasi azolari — so‘z ustasi Dilshodbek Musayev va mahoratli qiziqchi Sadulla Fatxullayev o‘z mahoratlari bilan barchaga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
✅ Tadbirni Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Tilavov ochib berdi.
📌 Tomoshabinlar dasturdan yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan qaytishdi.