ROMITAN TUMANIDA “XALQLAR DO‘STLIGI” KUNI NISHONLANADI

31 Jul, 2025 - 16:23
15
ROMITAN TUMANIDA “XALQLAR DO‘STLIGI” KUNI NISHONLANADI

ROMITAN TUMANIDA “XALQLAR DO‘STLIGI” KUNI NISHONLANADI

 

Barchaga ma'lumki, 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanishi belgilab qo'yilgan.

Shu munosabati bilan Gazli shahridagi “Gazli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Musiqa va san'at maktabi binosida “Xalqlar do‘stligi kuniga” bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so'z olganlar tumanimizda baxtli, tinch-totuv istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarini ushbu sana munosabati bilan qizg‘in muborakbod etdilar. 

Shuningdek tadbir davomida madaniyat xodimlari tomonidan yangragan turli millat vakillari kuy-qo‘shiqlari mehmonlarga o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishladi.

Bugungi kunda "Gazli" shahrida o'zbek, qozoq, turkman, tatar, tojik, rus va boshqa millat vakillari bir oila sifatida tinch totuvlikda yashab kelmoqdalar.

Jonajon Vatanimizda doimo tinchlik-osoyishtalik va farovonlik hukm sursin, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqiga hamisha baxtu saodat yor bo‘lsin!

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash