ONLAYN QABUL!
31 Jul, 2025 - 12:28
18
ONLAYN QABUL!
⚡️ Hurmatli yurtdoshlar!
Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Tilavovning fuqarolar bilan onlayn qabuli yo‘lga qo‘yilgan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning 11-avgust kuni soat 15:00da boshqarma boshlig‘ining navbatdagi onlayn qabuli bo‘lib o‘tadi. Unda madaniyat va sanʼat sohasiga oid murojaatlar qabul qilinadi.
Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar Madaniyat boshqarmasining https://t.me/+HX5vjA_RfZ85ZDZi telegram kanali orqali tashkil etilayotgan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.
❗️Boshqarma boshlig‘ining onlayn qabuli davomida shaxsiy hayot va ijodiy faoliyat yuzasidan murojaat qilmasligingizni so‘raymiz.
❕Eslatib o‘tamiz, telegram akkauntida murojaatchining to‘liq ismi, familiyasi va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilishi shart! Aks holda ushbu murojaat qabul qilinmasligi mumkin.
✅ Onlayn qabulda faol ishtirok eting!