“Yozgi iqtidorlar” – sahna yoshlarga ochiq!
18 Jul, 2025 - 10:23
26
“Yozgi iqtidorlar” – sahna yoshlarga ochiq!
📍Joriy yilning 18-iyul kuni Shofirkon tumanidagi 40-son Tuman madaniyat markazida “Yozgi iqtidorlar” festivalining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
💃 Tadbirda “Raqs ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha yosh ishtirokchilar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashdilar.
🏆 Festivalda faol ishtirok etgan yoshlarga Shofirkon tuman madaniyat bo‘limi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🎯 Tadbir yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorlarni rag‘batlantirish hamda madaniy-ma’naviy muhitni yanada boyitishga xizmat qildi.
📌 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi bu kabi tashabbuslar kelajak avlodning iste’dodini yuzaga chiqarish yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda.