“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlar iste’dodini qo‘llab-quvvatlash

09 Jul, 2025 - 15:21
48
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlar iste’dodini qo‘llab-quvvatlash

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlar iste’dodini qo‘llab-quvvatlash

 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 308-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ijodiy muhitni kengaytirish maqsadida Vobkent tumani 27-son madaniyat markazida “Yozgi iqtidorlar” respublika festivalining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Vobkent tuman hokimi o‘rinbosari Sh. Husenov ochib berdi. U o‘z nutqida yosh avlodning ijodkorligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning badiiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarbligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng yoshlar tomonidan tayyorlangan rang-barang musiqiy va badiiy chiqishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Festivalda faol ishtirok etgan yoshlarga Madaniyat bo‘limi mudiri tomonidan “Tashakkurnoma”, “Sertifikat” hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash