Buxoroda: Ijodiy hamkorlik va do‘stlik bayrami

15 Jul, 2025 - 11:19
39
Buxoroda: Ijodiy hamkorlik va do‘stlik bayrami

Buxoroda: Ijodiy hamkorlik va do‘stlik bayrami

2025-yilning dolzarb “90 kun” madaniy tashabbuslari doirasida Buxoro shahar Madaniyat bo‘limi hamda Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik asosida yirik madaniy tadbir tashkil etildi.

14-iyul kuni tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan Somoniylar istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir Buxoro va Xorazm viloyati san’atkorlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

🎤 Tadbirda Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan ijodiy jamoalar, estrada xonandalari, folklor va maqom san’ati ustalari, shuningdek Buxoro madaniyat sohasining ilg‘or vakillari ishtirok etdilar.

Konsert dasturi davomida ikki viloyat san’atkorlari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor raqslar, mumtoz va zamonaviy estrada yo‘nalishidagi ijrolar namoyish etildi.

🌿 Mehmon jamoalarning rang-barang badiiy chiqishlari tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashdi va ikki hudud san’atkorlari o‘rtasida do‘stlik va ijodiy birdamlik rishtalarini yanada mustahkamladi.

🇺🇿 Madaniy almashinuv doirasidagi bunday tadbirlar hududlararo hamkorlikning samarali davom etayotganidan dalolat beradi.

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash